Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:56

O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova vafot etdi


O‘zbekiston xalq artisti, kuchli ovoz sohibasi bo‘lgan Olmaxon Hayitova yangi yilning birinchi kunida vafot etdi.

Bu haqda xabar bergan shov-shuv.uz saytiga ko‘ra, 73 yoshda bo‘lgan san‘atkorning o‘limiga qandli diabet xastaligi sabab bo‘lgan.

Barcha pardalarda jarangdor va kuchli ovoz sohibasi bo‘lgan Olmaxon Hayitova 1940 yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tavallud topgan.

O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasida berilgan ma‘lumotga ko‘ra, san‘atkor 1958-59 yillarda Yangiyo‘l teatrida, 1959 yildan esa hozirgi “Lazgi” ansamblida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat olib borgan. 1974 yili Toshkent teatr va rassomlik san‘ati institutini tugatgan.

Olmaxon Hayitovaning repertuaridan ommabop qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar, Xorazm xalq doston qo‘shiqlari, bastakor va kompozitorlarning asarlari, shuningdek, turkiy ellar xalq qo‘shiqlari o‘rin olgan edi.

Olmaxon Hayitova 1993 yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Raxmatjon Qurbonov va Olmaxon Hayitova ijrosidagi "Naylayin" qo'shig'i


XS
SM
MD
LG