Линклар

BMT va Iraq Body Count nodavlat tashkiloti 2013 yil Iroqda tinch aholi eng ko‘p o‘lgan yil bo‘lganini bildirdi.

BMTning Iroqdagi missiyasi ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil mamlakat bo‘ylab amalga oshirilgan hujumlarda 7818 odam qurbon bo‘lgan.

Biroq qarorgohi Britaniyada joylashgan Iraq Body Count nodavlat tashkiloti qaydlariga ko‘ra, o‘tgan yil Iroqda 9475 kishi o‘lgan.

Iroqda qancha odam nobud bo‘lgani haqida ikki tashkilot ma‘lumoti bir xil emas.

Shunga qaramay, ikki tashkilot hisobotida 2013 yil Iroqda 2008 yildan beri tinch aholi eng ko‘p o‘lgan yil sifatida e‘tirof qilingan.
XS
SM
MD
LG