Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

AQSh birjalari 2013 yilni rekord natijalar bilan yakunladi


AQSh birjalari 2013 yilning oxirgi kunini yangi rekord ko‘rsatkichlar bilan yakunladi.

2013 yil investorlar uchun so‘nggi 20 yil ichida eng yaxshi yil bo‘lgani aytilmoqda.

Sanoatining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan AQSh ning 30 ta eng yirik shirkati aktsiyalari qiymati aks etgan Dow Jones birjasi 2013 yilni 16576,66 ko‘rsatkich bilan yakunladi.

Oxirgi 12 oy mobaynida Dow Jones birjasida o‘sish 27 foizni tashkil qildi. Bu 1995 yildan beri qayd etilgan eng yaxshi natijadir.

Yana ikkita fond birjasi yilni bundan ham yaxshi ko‘rsatkich bilan yakunladi. S&P 500 va Nasdaq birjalarida o‘sish 29 va 40 foizni tashkil etdi.
XS
SM
MD
LG