Линклар

Rossiya Markaziy banki ma‘lumotiga ko‘ra, 2013 yilning uchinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4 milliard 908 million AQSh dollaridan oshgan.

2012 yil davomida Rossiyada ishlayotgan o‘zbek muxojirlarining pul o‘tkazmalari 5 milliard 693 million dollarini tashkil qilgan edi.

2013 yil to‘qqiz oyi davomida Rossiyadan xorijga po‘l jo‘natish bo‘yicha tojiklar o‘zbeklardan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘tgan yil yanvar-sentyabr oylarida Tojikistonlik mehnat muxojirlari Rossiyadan vataniga uch milliard dollardan ko‘proq pul o‘tkazgan.

Rossiyadan xorijga pul o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston, Tojikistondan keyin uchinchi o‘rinni Ukraina egallab kelmoqda.

Rossiya Markaziy banki hisobotiga ko‘ra, 2013 yilning uchta choragida MDH davlatlariga bank tizimlari orqali 15 milliard dollardan ortiq pul o‘tkazilgan.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muxojirlari O‘zbekistonda qolgan yaqinlariga pul o‘tkazishda MIGOM, Contact, Bistraya pochta, MoneyGram, Unistream, Zolotaya Korona, AziyaEkspress kabi bank tizimlaridan foydalanadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG