Линклар

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2014 yil 1 yanvaridan boshlab binolar va avtotransport vositalari uchun ijara haqining minimal miqdori belgilandi.

Qarorda aytilishicha, joriy yilda turar – joy uchun mo‘ljallanmagan binolar ijara haqi 1 kvadrat metrga Toshkentda 6000 so‘m, Nukus va viloyat ahamiyatidagi shaharlarda 4000 so‘m, boshqa aholi punktlarida 2000 so‘m qilib belgilandi.

Ijaradan to‘lanadigan soliq miqdori esa 7,5 foizni tashkil qiladi. Mazkur tariflar asosida hisoblanganda, Toshkentda 100 kvadrat metrli ofisni ijaraga bergan shaxs har oyda 45 ming so‘m soliq to‘lashi shart bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidentining qarorida yengil avtomashina uchun bir oylik ijara haqi 220 ming so‘m, mikroavtobus, avtobus va yuk tashuvchi mashinalar uchun 430 ming so‘m qilib belgilangan.

Turar-joy uchun mo‘ljallangan binolar ijara haqi esa 2013 yilda belgilangan narxdan oshirilgani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda turar –joy binolari uchun ijara haqi bir kvadrat metrga Toshkentda 3000 so‘m, Nukus va viloyat ahamiyatiga ega shaharlarda 2000 so‘m, boshqa aholi punktlarida 1000 so‘m qilib beliglangan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG