Линклар

Volgogradga terrorchilar Shimoliy Kavkazdan kelgani tahmin qilinmoqda


Rossiya prezidenti V.Putin Volgogradda trolleybus portlatilgan joyga gul qo‘ymoqda, 2014 yil, 1 yanvar.

Rossiya prezidenti V.Putin Volgogradda trolleybus portlatilgan joyga gul qo‘ymoqda, 2014 yil, 1 yanvar.

Rossiya tergov tuzilmalari Volgograddagi terrorchilik harakatlarini sodir etgan xudkushlar shaharga Shimoliy Kavkazdan kirib kelganini tahmin qilmoqda.

Tergovchilar taxminicha, “terrorchilar shaharga politsiyachilar nazorat qilayotgan asosiy yo‘llarni chetlab o‘tib, dala yo‘llari orqali kirib kelgan”. Ayni paytda Volgograddagi barcha kirish va chiqish yo‘llari kuchaytirlgan tarzda nazorat qilinmoqda.

Volgogradda yakshanba va dushanba kungi portlashlardan keyin qo‘lga olingan 700ga yaqin odamning ko‘pchiligi markaziy osiyolik mehnat muhojirlari va shimoliy-kavkazliklardir.

Volgogradda 29 -30 dekabrda temir yo‘l vokazali hamda trolleybusda sodir etilgan xudkush hujumi oqibatida 34 odam halok bo‘lgan, 60 dan ortiq odam yaralangan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG