Линклар

logo-print
Saudiya Arabistoni Havo Yo‘llari aviashirkatiga qarashli Boeing 767 rusumidagi samolyot yakshanba kuni Madina shahriga favqulodda qo‘ngani oqibatida 30 yo‘lovchi jarohat oldi.

Ulardan 11 nafari kasalxonaga yotqizildi, yengil jarohat olganlarga aeroportda tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Xabarlarga ko‘ra, Eronning Mashhad shahridan Madinaga uchgan samolyot bortida 315 nafar ziyoratchi bo‘lgan.

Eronning Tasnim agentligiga ko‘ra, orqa g‘ildiraklar ochilmaganiga qaramay, uchuvchilar ulkan samolyotni mohirlik bilan boshqarib yerga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG