Линклар

logo-print

Bishkeklik o‘zbeklar millatdoshlarga ko‘mak jamg‘armasini tashkil qildi


Bishkeklik Ravshanbek Yo‘ldoshev Do‘rdo‘y bozoridagi o‘zbek tadbirkorlarining boshini birlashtirib millatdoshlarga ko‘mak jamg‘armasini tashkil qildi.

Bishkeklik Ravshanbek Yo‘ldoshev Do‘rdo‘y bozoridagi o‘zbek tadbirkorlarining boshini birlashtirib millatdoshlarga ko‘mak jamg‘armasini tashkil qildi.

Bishkekdagi Do‘rdo‘y bozorida ishlovchi o‘zbek savdogarlari maxsus jamg‘arma tashkil qilib, 2010 yil voqealarida jabrlangan oilalarga va kam ta‘minlangan millatdoshlarga mehr-muruvat yordami ko‘rsata boshladi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 50 mingdan ortiqroq etnik o‘zbek istiqomat qilishi aytiladi. Ular asosan 1825 yilda Qo‘qon xoni Madalixonning farmoni asosida Pishpek qalasini qurish uchun bu yerga yuborilgan namanganlik va toshkentlik ustalarning avlodlaridir.

Bishkeklik Ravshan Yo‘ldoshev Pishpek qalasini barpo etgan ustalarning avlodlaridan biri.

2010 yilgi O‘sh voqelari uning hayotida tub burilish yasadi. U shu kungacha o‘zini oddiy davlat xizmatchisi sifatida hisoblab, o‘z vazifasini chin ko‘ngildan ado etish bilan cheklangan edi. Biroq 2010 yil voqealari uning ongida tub burilish yasadi. Ravshanbek Qirg‘iziston fuqarosi sifatida o‘z mamlakati uchun chinakkamiga foydali shaxs bo‘lish, millatlararo ishonch va barqarorlikni qayta tiklash jarayoniga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yona boshladi.

- Men ijtimoiy himoya jamg‘armasida ishlayman. Bishkekdagi Do‘rdo‘y bozorida muayyan bir hudud uchun javobgarman. Men Do‘rdo‘y bozorida bishkeklik o‘zbek savdogarlari bilan tanishdim. Ular menga bir g‘oyani taklif qilishdi. Bu g‘oya 2010 yilgi O‘sh qirg‘inidan jabrlangan millatdoshlarimzga yordam berish g‘oyasi edi, - deydi Ravshan Yo‘ldoshev.

Ravshan akaning aytishicha, bu g‘oya tez kunlarda amalga tadbiq etildi. Do‘rdo‘y bozrida 20 mingdan ortiq savdo shahobchalari mavjud. Bu savdo shahobchalarida esa Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan kelgan savdogarlar bilan olib borilgan chakana savdo natijasida doimo kam miqdordagi kiyim-kechak mahsulotlari oshib qoladi. Bu mahsulotlar esa o‘z tannarhida bir necha oylab o‘z xaridorini kutib turadi.

Do‘rdo‘y bozoridagi o‘zbek savdogarlari mana shu mahsulotlarni arzon bahoda sotib olishni va bir yerga jamlashni, kerakli miqdordagi mahsulotlar jamlanganidan so‘ng O‘sh va Jaloloboddagi millatdoshlarga insonparvarlik yordami sifatida yuborilishini taklif qilishdi.

Bozorda o‘tkazilgan dastlabki tadqiqot bir necha ming dollarlik kiyim – kechaklar va uy ro‘zg‘or buyumlarini arzon narxda sotib olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi. O‘zbek tadbirokrlari pul yig‘ib, bu mahsulotlarni sotib olishdi va dastlabki ikki KamAz yuk O‘sh shahriga jo‘natildi.



Aytib o‘tish lozimki, bu davrda O‘shdagi o‘zbeklarning asosiy qismining uylari yondirilgan va ular deyarli hech narsasiz qolgan bir vaqt edi.

- Dastlabki kunlarda juda ko‘p mahsulotlarni sotib oldik. Biz ularni KamAzlarga yuklab, O‘sh va Jalolobodga jo‘natdik. Minglab muhtoj vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatdik, - deydi Ravshan Yo‘ldoshev.

Dastlabki yordamdan so‘ng Do‘rdo‘y bozoridagi o‘zbek savdogarlari O‘sh qirg‘inidan jabrlangan vatandoshlar aynan qaysi mahsulotlarga muhtoj ekani haqida aniq tasavvurlar hosil qilgan. Shundan so‘ng Bishkekda mehr-muruvat jamg‘armasi tashkil etildi va bugungi kunda u o‘zbek aholisiga adresli yordam ko‘rsatish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.

- Biz bugungi kunda adresli yordam ko‘rsatish masalasini o‘rganmoqdamiz. Hozir u yoki bu yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar ro‘yxatini tuzmoqdamiz. Bu ishda bizga O‘sh va Jalolobod shahridagi mahalla qo‘mitalari rasildari yordam bermoqda. Biz qashshoq oilalarni tanlab, ular aynan qanday yordamga muhtoj ekanini o‘rganmoqdamiz. Bugun bizning qo‘limizda bir necha yuz yordamga muhtoj oilalarning ro‘yxati bor. Navbati bilan ularning har biriga ko‘mak ko‘rsatamiz,- deydi Ravshanbek Yo‘ldoshev.
XS
SM
MD
LG