Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:44

O‘zbekiston hamon Internet tezligi past bo‘lgan mamlakatlar qatorida qolmoqda


Ookla shirkati reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha jahondagi 188 mamlakat o‘rtasida 170-o‘rinni egallab turibdi.

Shirkatning NetIndex xizmati ma‘lumotlariga muvofiq, bugungi kunda O‘zbekistonda Internet tezligi sekundiga 2,42 Mbitni tashkil qiladi.

Reytingdagi ma‘lumotlar qiyoslansa, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha hozir mintaqadagi qo‘shnilari bo‘lgan Qozog‘istondan 118 pog‘ona, Tojikistondan 113 pog‘ona, Qirg‘izistondan esa 89 pog‘ona pastda ekani ma‘lum bo‘ladi. Mazkur reytingda Turkmanistonga oid ma‘lumotlar yo‘q.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 10 milliondan ziyod odam Internetdan foydalanib keladi.

O‘zbekiston hukumati bir necha yildan buyon Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining "Internet dushmanlari" ro‘yxatidan tushmay keladi.
XS
SM
MD
LG