Линклар

Google shirkatiga tegishli Google Chrome brauzeri O'zbekiston Milliy axborot agentligi saytini kompyuterga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan shubhali saytlar ro'yxatiga kiritdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ayni damda Chrome brauzeri www.uza.uz sahifasiga kompyuter orqali kirmoqchi bo'lganlarni ushbu saytda zararli dasturiy ta'minot borligi haqida ogohlantirmoqda.

- Ushu saytga kirish kompyuteringizga zarar yetkazishi mumkin. Bu saytning ba'zi qismlarida so'nggi 90 kun davomida shubhali faollik qayd etildi (jami 15 marta), - deyiladi Google'ning www.uza.uz sayti bo'yicha hisobotida.

Hisobotda aytilishicha, O'zA saytida aniqlangan zararli dasturiy ta'minot yana bir qancha saytlarga, jumladan, muloqot.uz va uzbekkino.com sahifalariga zarar yetkazgan.

Qayt etish joiz, boshqa ommaviy brauzerlar (Internet Explorer, Mozilla Firefox, Opera) O'zA saytini ogohlantirishsiz ochmoqda.

Internetdagi sahifalar xavfsizligini muntazam ravishda tekshirib boruvchi Google ma'lumotiga ko'ra, qonuniy maqsadlarda ishga tushirilgan saytlarda aniqlangan zararli elementlar uchunchi shaxslar tomonidan qo'shilgan bo'lishi ham mumkin.
XS
SM
MD
LG