Линклар

Afg‘oniston politsiyasi xudkush kamarini taqib olgan 10 yashar qizchani hibsga oldi.

Ismi Sfozmay ekani aytilayotgan qizcha chegaradagi politsiya postini portlatmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining BiBiCiga aytishicha, xudkush kamarini taqqan qizcha yakshanba kuni kechki payt Helmand viloyatidagi chegara posti yonida hibsga olingan.

Rasmiyga ko‘ra, qizchani bu ishga Tolibon harakatida nufuzli qo‘mondon bo‘lgan akasi undagan bo‘lishi mumkin.

Qizcha viloyat poytaxti Lashkar Goh shahriga yuborilgani va shok holatda ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG