Линклар

logo-print
AQSh Mudofaa vazirligi O‘zbekistonni “xavfli mamlakatlar” ro‘yxatidan olib tashladi. Pentagon o‘tgan hafta oxirida e‘lon qilgan press-relizda aytilishicha, amerikalik harbiylar uchun “bevosita xavf mavjud” bo‘lgan mamlakatlar qatoridan O‘zbekiston bilan birgalikda Tojikiston va Qirg‘iziston ham olib tashlangan.

AQSh fuqarolari xizmat o‘tash paytida qo‘shimcha haq to‘lanadigan “xavfli mamlakatlar” ro‘yxatida faqatgina Iroq, Afg‘oniston, Livan, Iordaniya, Pokiston, Suriya, Yaman va Misr qoldirilgan. Shu paytgacha bu ro‘yxatda 30ga yaqin mamlakat bo‘lgan.

“Xavfli mamlakatlar”da xizmat qiluvchi harbiylar oyiga 225 AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha haq oladi. Ro‘yxatdan 20dan ortiq mamlakatning olib tashlanishi Pentagonga yiliga 100 million AQSh dollari iqtisod qilish imkonini berishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG