Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:07

O‘zbekistonda bo‘lajak chempionlarni aniqlovchi genetik tahlil yo‘lga qo‘yiladi


Professor Muhamedovga ko‘ra¸ genetik tahlil joriy etiladigan sport turlari orasida futbol ham bor.
Professor Muhamedovga ko‘ra¸ genetik tahlil joriy etiladigan sport turlari orasida futbol ham bor.
Akademik Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti genetiklari O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari bilan hamkorlikda bo‘lajak chempionlarni aniqlashga yordam beruvchi genetik analiz o‘tkazishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Bu haqda Ozodlikka mazkur dastur ustida ikki yildan beri ish olib borayotgan Genomika laboratoriyasi rahbari¸ professor Rustam Muhamedov ma‘lum qildi.

Olimga ko‘ra¸ jahonning Xitoy va AQSh kabi aksar chempionlari yetishib chiqayotgan mamlakatlarda bunday genetik tahlil amalda qo‘llanilayotganiga bir necha yil bo‘ladi. “Olimpiada va jahon chempionlarining asosan ana shu davlatlardan chiqayotgani tasodif emas¸ balki ilmiy tadqiqot ustiga qurilgan investitsiya mahsulidir”¸ deb ta‘kidlaydi sport genetikasini O‘zbekistonga olib kirishga ahd qilgan genetik olim.

“Ikki yildan beri laboratoriyamizda bolada sportning muayyan turiga iste‘dodi borligini tasdiqlovchi genlar jadvali tuzilmoqda va kelasi yildan ana shu tadqiqotni amalga ko‘chirishni rejalayapmiz”¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda professor Muhamedov.

“Bo‘ladigan bola boshidan ma‘lum”¸ “qonida bor”¸ “oqqan daryo oqaveradi” kabi o‘zbek maqol va matallari¸ aslida inson taqdirini belgilashda irsiyatning qanchalik muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi¸ deb davom etadi professor Rustam Muhamedov.

Genetik olim bilan O‘zbekistonda sport genetikasini joriy qilish jarayoni haqidagi suhbatni to‘lig‘icha bu yerda tinglashingiz mumkin:]

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:26 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG