Линклар

logo-print
O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatov Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan tuzilgan yilning eng yaxshi hakamlari reytingida 8-pog‘onani egalladi.

10 nafar hakam joy olgan ushbu reytingda bu yili angliyalik 42 yoshli referi Hovard Uebb dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Ermatov IFFHSning o‘tgan yilgi reytingida oltinchi, 2011 yilgisida uchinchi, 2010 yilgi reytingida esa ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Qayd etish joiz, 36 yoshli o‘zbekistonlik FIFA referisi dunyoning eng yaxshi hakamlari o'nligiga kirgan yagona osiyolik mutaxassidir.

Eslatamiz, Ravshan Ermatov qatorasiga to‘rt marta - 2008 yildan 2011 yilgacha Osiyoning eng yaxshi futbol hakami deb topilgan.

O‘tgan yilning dekabr oyida Ermatov sakkizinchi bor O‘zbekistonning eng yaxshi hakami deb e‘tirof etilgan edi.

Ravshan Ermatov 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi ilk o‘yinga hakamlik qilib, bir Jahon chempionati davomida jami beshta o‘yinni boshqargan tarixdagi uchinchi hakam bo‘lgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG