Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:19

Hukumat gaz o‘rnatilgan mashinalar portlashi oldini olmoqchi


O‘zbekistonda 2013 yil davomida mashinalarga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi oqibatida mamlakat bo‘ylab kamida 5 kishi halok bo‘lishi ortidan bu mavzu yil oxirida Toshkentda o‘tkazilgan seminarda muhokama qilindi. Rasmiylar yil davomida yengil va yuk tashuvchi avtomobillar hamda avtobuslarda yuzlab yong‘in ro‘y berganini e‘tirof etsa-da, talafotlar sonini kamaytirib ko‘rsatishga urinmoqda.

“O‘zavtosanoat” davlat shirkati va Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan “Transportni yong‘inga qarshi himoya qilish” nomli seminar tashkil qilindi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 2013 yilda O‘zbekiston bo‘ylab yengil va yuk mashinalari hamda avtobuslarda 408 marta yong‘in chiqqan. Oqibatda 31 kishi jarohatlanib, bir kishi nobud bo‘lgan.

Seminarda ishtirok etgan mutaxassislar yong‘inlarning asosiy sababi mashinalarning elektr uskunalari va yonilg‘i tizimlaridagi nosozliklar sabab bo‘lishini qayd etishdi.

Shu munosabat bilan, rasmiylarning aytishlaricha, avtotransport xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda.

Ozodlik radiosi o‘tgan yil davomida avtomobillarning yonib ketishi, ayniqsa, mashinalarga o‘rnatilgan gaz ballonlarning portlagani to‘g‘risida ko‘p xabar qilgan edi. Shu paytgacha Ozodlik va boshqa mustaqil manbalar bergan xabarlarga ko‘ra, o‘lim holati bitta emas, balki kamida besh marta qayd etilgan.

Bu voqealardan birida, 26 oktyabr kuni Toshkentning Qo‘yliq bozori oldida Neksiya mashinasiga o‘rnatilgan metan gaz ballonining portlashi oqibatida ikki odam halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan edi.

Қўйлиқда машина портлади
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:12 0:00


Undan avval, 18 oktyabr kuni Samarqandning Ishtixon tumanida avtmobilga gaz quyish shoxobchasida Neksiya mashinasining portlashi ham ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Mart oyida Samarqandning Bulung‘ur tumanida mashinadagi gaz ballon portlashi bir kishining o‘limiga olib keldi.

Mashinalarga gaz ballonlari o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan toshkentlik xususiy tadbirkor Doniyorning Ozodlikka aytishicha, o‘tgan yilgi voqealardan keyin, haqiqatan gaz ballonlar xavfsizligiga doir nazorat kuchaygan.

- Hozir unaqa sifatsiz ballonlarni o‘tkazmay qo‘yishdi. Uni "kapron" ballon, deydi. Hozir biz qo‘yayotgan ballonlar sifatli, temiri qalin. Biz hamma hujjatni qo‘lingizga beramiz, GAIga olib borib, texosmotrdan o‘tkazib, ognetushitelь olib, kelasiz, bo‘ldi, - deydi Doniyor.

Uning aytishicha, avvalgi sifatsiz gaz ballonlar Xitoyda noma‘lum korxona tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lgan va xavfsizlik texnikasi talablariga umuman javob bermagan.

O‘zbekiston hukumati tashkil qilgan “Transportni yong‘inga qarshi himoya qilish” nomli seminarda sifatsiz gaz ballonlarining mamlakatga qanday qilib kirib kelgani va bir necha yil davomida mashinalarga nazoratsiz o‘rnatilgani masalasi muhokama qilinmadi.

Ozodlikning WhatsApp tarmog‘idagi xorazmlik mushtariysi Xorazm viloyatida sifatsiz va "portlovchan" gaz ballonlari mashinalardan majburiy tarzda oldirib tashlanayotganini ma‘lum qildi. Haydovchilarga bu ballonlarni o‘rnatish uchun sarflagan xarajatlari qoplangani yo‘q.

Xorazmlik mushtariymizga ko‘ra, o‘tgan yilgi voqealardan keyin viloyatda sifatsiz gaz ballonlari mashinalardan majburiy tarzda olib tashlanmoqda.
Xorazmlik mushtariymizga ko‘ra, o‘tgan yilgi voqealardan keyin viloyatda sifatsiz gaz ballonlari mashinalardan majburiy tarzda olib tashlanmoqda.
Toshkentdagi yana bir xususiy korxonaning avtomobillarga gaz ballonini o‘rnatish bo‘yicha mutaxassisi Ozodlik muxbiriga o‘tgan yili bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan sifatsiz gaz ballonlarini tasvirlab berdi.

- U gaz ballonlarining ichi temir, lekin metalli yupqaroq bo‘ladi. Shuning hisobiga ustiga kapron materialni o‘rab qo‘yib, mustahkamroq qilishadi. Lekin u ballon vaqt o‘tgan sari, havo harorati, atmosfera bosimining doimiy o‘zgarib turishi natijasida deformatsiya bo‘ladi. Bir yil, ikki yil davomida avvalgi xususiyatini yo‘qotishi natijasida portlash sodir bo‘ladi, - deydi mutaxassis.

Ismi sir qolishini so‘ragan bu suhbatdoshning aytishicha, o‘tgan yilgi noxush voqealardan keyin avtotransport xavfsizligini ta‘minlashga doir nazorat kuchayayotgan bo‘lsa-da, xavfli ballonlarni o‘rnatish to‘laligicha bartaraf qilingani yo‘q.

- O‘sha sifatsiz ballonlarni o‘rnatayotganlar hozir ham bor. Ayniqsa, viloyatlarda xavfsizlikka unchalik e‘tibor qaratishmayapti. Toshkentda nazorat nisbatan kuchliroq bo‘lgani uchun, bu yerda korxonalar xavfsizlik talablariga rioya qilishga majbur, - deydi mutaxassis.

U mashinasiga gaz ballonini o‘rnatmoqchi bo‘lgan haydovchilarga pulidan qochmasdan mutaxassislar ko‘rigidan o‘tgan gaz uskunalarini o‘rnatishni qattiq tavsiya qildi.
XS
SM
MD
LG