Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:42

Moskvada milliy nafratga qarshi aktsiya o‘tkaziladi


Faol fuqarolar 19 yanvar kuni Moskvada va boshqa shaharlarda besh yil avval o‘ldirib ketilgan advokat Stanislav Markelov va jurnalist Anastasiya Baburova xotirasiga aksilfashist aktsiya o‘tkazishni rejalamoqda.

"Biz antifashistmiz", "Birga fashizmga qarshi", "Nolegal odamlar bo‘lmaydi" kabi shiorlar ostida aktsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi bildiruvni tashkilotchilar bugun Moskva meriyasiga topshiradi.

Mazkur aktsiya Moskvadan tashqari Peterburg, Nijniy Novgorod, Milan va boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tadi.

Huquq faollarining bildirishicha, milliy nafrat oqibatida qilingan hujumlarda o‘tgan yili Rossiyaning 32 viloyatida 20 odam halok bo‘lgan. Yevropa komissiyasi Rossiya hukumatining millatchilikka qarshi harakatlarini qoniqarsiz deb baholagan edi.

Advokat Stanislav Markelov Rossiya huquq - tartibot tuzilmalari tomonidan Chechenistonda inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganayotgan edi. U va "Novaya gazeta" muxbiri Anastasiya Baburova 2009 yilning 19 yanvarida Moskva markazida o‘ldirib ketilgan.

2011 yil mayida sud mazkur jinoyatlarda Nikita Tixonovni aybdor deb topib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan, uning xotini Yevgeniya Xasis jinoyatga sherik sifatida ayblanib 18 yilga qamalgan.
XS
SM
MD
LG