Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:39

Qarshilik sudya pora olganlikda ayblanib qo‘lga olindi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo sudining sobiq sudyasi 34 yashar Faxriddin Jumanazarov O‘zbekiston jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-bandi, ya‘ni katta miqdorda pora olishda ayblanib, Otbozor qamoqxonasida sudni kutmoqda.

Ozodlikning Qashqadaryodagi manbalariga ko‘ra¸ Jumanazarov O‘zbekiston jinoyat kodeksining 205-modasi¸ ya‘ni mansab vakolatini suiiste‘mol qilishda ham ayblanmoqda.

Faxriddin Jumanazarov 2013 yilning 25 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Qashqadaryo bo‘liming tezkor guruxi tarafidan Qarshi shahridagi Paxtazar mittitumanida qo‘lga olingani bildirildi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ sobiq sudya Faxriddin Jumanazarov pora olayotgan paytda qo‘lga olingan va ehtiyot chorasi sifatida sudgacha hibsda saqlanmoqda.

Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limidagi Ozodlikning yana bir manbasi sudyaning pora olayotib qo‘lga tushirilganiga oid tafsilotlarni aytib berdi:

- Jumanazarov 25 dekabr kuni Qarshi shahar Paxtazor mittitumanidagi hilvat joylardan birida O‘zbekiston fuqarosidan 300 dollar pora olayotganda Qashqadaryo viloyat MXX xodimlari tarafidan qo‘lga olindi.Sudya Jumanazarov 300 dollarlik porani pora beruvchi odamning foydasiga hal qilib berish evaziga olayotgan bo‘lgan. Pora beruvchi ishlovdan o‘tgan 300 dollarni MXXdan olgan. Maxsus kimyoviy ishlov berilgan pul bo‘lgan. Sudya Jumanazarov bir odamni ishini bitirmasdan paysalga solib yurib-yurib pora talab qilgan¸keyin bu odam MXXga aytganidan keyin Jumanazaraov kuzatuv ostiga olingan¸- deya iddao qildi Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limidagi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ ayni paytda fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo sudining sobiq sudyasi 34 yashar Faxriddin Jumanazarov ustidan tergov ketmoqda:

- Agar Jumanazarovning ikkala modda bo‘yicha aybi sudda isbotlansa, kamida sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin¸- dedi Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limidagi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Qarshida hibsxona bo‘lmagani uchun Jumanazarov Buxoro viloyatidagi Otbozor tergov hibsxonasiga olib ketilgan.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra¸ sobiq sudya Jumanazarov ustidan tergovni viloyat prokuraturasi tergovchilari olib bormoqda.

Prokuraturadagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ pora olinayotgani aks etgan videotasvirlar doxil boshqa dalil isbotlar bilan tanishgan sobiq sudya ayblov bilan ham tanishtirilgan.

Faxriddin Jumanazarov bundan uch yil oldin Qarshi tumanlararo sudiga sudya qilib tayinlangan edi.

Qashqadaryolik inson huquqlari faoli Nodir Ahadov sobiq sudyaning poraxo‘rlikda ayblanib, qo‘lga olinganini adolat tantanasi deb hisoblamaydi:

- U yoki bu sudyani yoki huquq tartibot organi xodimini pora olgani yangilik emas. Adliya tizimida pora olmaydigan odamni topish qiyin. Endi bu sudya 300 dollar pora olgan deya gumon qilinmoqda. Sud buni hali isbotlashi kerak. Bu yigit 30 yoshida sudya bo‘luvdi¸ 3 yilcha ishladi¸ endi uni o‘rni birovga kerak bo‘lib qolgandir. Balki bu sudya nohaq tuhmat qurboni bo‘lgandir¸ buni endi sud hal qiladi¸- deydi huquq faoli.

Huquq faoliga ko‘ra¸ Qashqadaryoda o‘tgan yil oxirida hokim almashganidan keyin tekshir-tekshir ko‘paygan.

O‘tgan yili O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi kengaytirilgan yig‘ilishida Qashqadaryodagi soliqchilarning korruptsiyaga moyilligi va poraxo‘rligini oldini olish choralari haqida gapirilgan edi.

Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarnomaga ko‘ra¸ Qashqadaryo viloyatidagi ichki tekshiruv soliqchilarning pora olganini aniqlagan.

Bundan ikki yil oldin Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Vohid Abdullayev o‘z ish kabinetida korruptsiyada ayblanib, hibsga olinib uzoq muddatga Ozodlikdan maxrum qilingan edi.
XS
SM
MD
LG