Линклар

logo-print
2022 yilda Qatarda bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati yoz oylarida o‘tkazilmaydi.

Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi - FIFA bosh kotibi Jerom Valke bu haqda chorshanba kuni bayonot berdi.

Qatarda yoz juda issiq bo‘lishi, jazirama futbolchilarni tinkasini quritib qo‘yishi mumkinligi bois chempionatni qish oylariga ko‘chirish taklif qilinayotgan edi.

Qatarda yoz oylarida havoning harorati 40 darajadan oshib ketishi kuzatiladi.

Janob Valke Qatardagi chempionat 15 noyabr va 15 yanvar oralig‘ida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

2014 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Braziliyada, 2018 yilgisi esa Rossiyada o‘tkaziladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG