Линклар

Google shirkati o‘zining Google Translate onlayn tarjimoni ro‘yxatiga o‘zbek tilini ham qo‘shishni rejalamoqda.

Shirkat o‘z sahifasida o‘zbek tilining onlayn tarjimon lug‘atini tuzishga ko‘maklasha oladigan ko‘ngillilarni izlayotganini ma‘lum qildi.

Loyihaga yordam bermoqchi bo'lganlar o'zbek va ingliz tillarini mukammal bilishlari shart. Ko'ngillilar maxsus manzil oqali ro'yxatdan o'tishi kerak bo'ladi.

Agar ushbu loyiha ishga tushsa dunyoning saksondan ortiq tilini onlayn tarjimon orqali o‘zbek tiliga o‘girish imkoni paydo bo‘ladi.

Google Translate tarjimoni o'z bazasidagi millionlagan tarjimalarni analiz qilgan holda foydalanuvchi tarafidan so'ralgan tarjimaning eng yaxshi variantini ishlab chiqadi.

Hozirda Google Translate ro‘yxatida 80dan ortiq til bor.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG