Линклар

Turkmanistonning chavandoz, poygachi va havaskor xonanda prezidenti iste'dodi ko'p qirrali ekanini yana bir bor keng ommaga namoyish etdi.

Yanvar oyi boshida YouTube videoportalida prezident Qurbonquli Berdimuhamedovning yangi yil bazmida dijeylik qilgani ask etgan video paydo bo'ldi.

Foydalanuvchilar sharhlariga ko'ra, video 2012 yilning dekabr oyida Ashxabodda o'tgan yangi yil bazmida olingan.

Turkman Ovozi davlat telekanali orqali ko'rsatilgan ushbu bazm kechasida Turkmaniston prezidenti elektron sintezator va kompyuter orqali dijeylik qilib, sahnadagi xonandalar bilan birgalikda qo'shiq aytgan.

56 yoshli Qurbonquli Berdimuhamedov 2011 yilda ham sahnada chiqish qilib, tomoshabinlar uchun gitara chalib qo'shiq kuylagan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG