Линклар

AQShning Texas shtatida o‘tkazilgan kim oshdi savdosida Namibiyada qora karkidon ovi uchun litsenziya 350 ming AQSh dollariga sotildi.

Kimoshdi savdosini Dallasdagi Safari klubi uyushtirdi. Kimoshdi savdosidan tushgan mablag‘ qirilib ketayotgan qora karkidon naslini saqlab qolish dasturi uchun sarflanadi.

Litsenziyani qo‘lga kiritganlar Namibiyada joriy qilingan kvota doirasida faqat qari, tajovvuzkor qora karkidonlarni ovlash huquqiga egadirlar.

Hayvonlarni himoya qiluvchi boshqa tashkilotlar esa Dallasdagi kimoshdi savdosini “noyob hayvonlarni o‘ldirish spektakli”, deya tanqid qilib chiqishdi.

Hozir dunyoda to‘rt mingga yaqin qora karkidon qolgani aytiladi. Ellik yil oldin ular soni 70 mingdan ko‘proq edi.

Brakonerlar karkidonning qiymatli shoxini qo‘lga kiritish uchun ularni qirg‘in qilishgan.
XS
SM
MD
LG