Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:44

Suriyalik xakerlar Microsoft shirkatining Tvitter akkauntini buzishdi


O‘zlarini “Suriya elektron armiyasi” deb ataydigan kompyuter qaroqchilari Microsoft shirkatining Tvitter akkauntini buzib, “bu korporatsiya dasturlaridan foydalanmang”, degan yozuvni qodirgan.

Xakerlar Microsoft odamlarning shaxsiy ma‘lumotlarini AQSh hukumati bilan bahamlashishi uchun shu shirkat Tvitter akkauntini nishonga olishgan. Lekin Microsoft bu ayblovni rad etib keladi.

Suriyadagi Bashar Asad rejimini dastaklovchi bayonotlari bilan tanilgan "Suriya elektron armiyasi" xakerlari bundan avval Skype kompaniyasiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga hujum qilgandi.

2011 yilda tuzilgan deb taxmin qilinadigan “Suriya elektron armiyasi” Harvard universiteti sayti, AQSh prezidenti Barak Obamaning Tvitterdagi sahifasini ham nishonga olgandi.
XS
SM
MD
LG