Линклар

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida yangi hususiy telekanal faoliyatini boshlamoqda.

“Jizzax TV2” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini test rejimida uzatishni boshlagan.

Jizzax shahar hokimligi rasmiy veb-sayti bildirishicha, "Baxtiyor-Shaxboz" shirkati ta‘sisi etgan yangi telekanal ko‘rsatuvlarini Sirdaryo viloyatida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

So‘nggi oylarda O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida bir qancha nodavlat telekanallari faoliyati to‘xtatildi.

Marg‘ilon-TV, Muloqot-TV, Qarshi-TV, Istiqlol-TV,To‘rtko‘l-TV kabi telekanallar noyabr oyi boshida litsenziyasiz faoliyat qilgani uchun yopildi. O‘zbekistonda ilk tashkil topgan Samarqanddagi STV telekanali ham yopiq qolmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG