Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:54

Frantsiya prezidentining taniqli aktrisa bilan ishqiy munosabatlari fosh etildi


Gayyening prezident Olland bilan ishqiy munosabatlari haqidagi gap-so‘zlar Fransiya matbuotida bir yil ilgari paydo bo‘lgan edi.
Gayyening prezident Olland bilan ishqiy munosabatlari haqidagi gap-so‘zlar Fransiya matbuotida bir yil ilgari paydo bo‘lgan edi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland Closer jurnalini “o‘zining shaxsiy daxlsizlik huquqlarini buzganlik”da aybladi.

Lekin Olland taniqli aktrissa Gayye bilan don olishib yurgani haqida jurnalda bildirilgan iddaolarni rad qilishga shoshilmadi.

Juma kuni Fransiyada chiqadigan Closer nashri Fransiya prezidenti Fransua Ollandning taniqli aktrisa Jyuli Gayye bilan ishqiy munosabatlari haqida besh sahifalik maqolani yashirincha olingan bir qancha fotosuratlar bilan birga chop etdi.

41 yoshli Jyuli Gayye 50dan ziyod filmda suratga tushgan. "Bir o‘pishaylik", "Eng yaxshi do‘stim", "Santa shogirdlari" kabi filьmlarda bosh rollarni ijro etgan. Gayye televideniyeda boshlovchilik ham qiladi.

Gayyening prezident Olland bilan ishqiy munosabatlari haqidagi gap-so‘zlar Fransiya matbuotida bir yil ilgari paydo bo‘lgan edi.

Closer tabloid jurnalida juma kuni bosilgan fotosuratlar 59 yoshli prezident Olland taniqli aktrisa bilan birga Yelisey saroyi yaqinidagi kvartiralarning birida tunab qolishi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritganday bo‘ldi.

Jurnalda bosilgan fotosuratlardan ayon bo‘lishicha, Olland va Gayye kvartiraga alohida - alohida kirishgan.

Yana bir fotosuratda kvartira yonida motitsiklda o‘tirgan ikki erkakni ko‘rish mumkin. Boshiga qora himoya kaskasini kiygan bu shaxslarning kim ekanini bilish qiyin.

Lekin, jurnalning yozishicha, ulardan biri prezident, mototsikl rulidagi shaxs esa uning qo‘riqchisidir.

Ertasi kuni prezident qo‘riqchisi kvartiraga kruassan (qatlamaga o‘xshagan fransuzcha bulochka-muharrir) olib kelayapti.

Fransiya prezidenti Olland maqolani o‘z shaxsiy hayotiga tajovvuz, deb atadi.

Prezident nomidan e‘lon qilingan bayonotda u har bir frantsuz fuqarosi ega bo‘lgani kabi shaxsiy dahlsizlik huquqiga ega ekani haqida bildiriladi.

Fransua Olland 2007 yildan buyon 48 yoshli frantsuz jurnalisti Valeri Triyeveyliyer bilan fuqrolik nikoh asosida yashab keladi.

Undan avval esa Olland taniqli siyosatchi Segolen Ruayyal bilan 30 yil bir yostiqqa bosh qo‘ygan. Ularning birgalikdagi nikohida to‘rt farzandi bor.

Ollandning Paris Match jurnali muxbiri Valeri Triyerveyler bilan ishqiy munosabatlari fosh bo‘lgach, uning Ruayyal bilan nikohi buzilgan edi.

Hozir ko‘pchilik fransiyaliklar prezident Olland o‘zining prezidentlik poygasidagi raqibi, Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi yo‘lidan borayotganini aytishadi.

Nikolya Sarkozi Fransiya prezidenti etib saylanganidan keyin rafiqasi bilan ajrashib, mashhur model Karla Bruniga uylangan edi.

Sarkozi bilan Bruni 2007 yilning may oyida turmush qurgan.
XS
SM
MD
LG