Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:28

Osiyo chempionati U-22 : O‘zbekiston-Xitoy 2:1


O‘zbekistonning futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasi Ummonda 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati doirasida xitoylik raqiblari bilan o‘tkazgan ilk o‘yinni 2:1 hisobida g‘alaba bilan yakunladi.

O‘yinning 35-daqiqasida hisobni xitoylik futbolchilar ochdi. Bellashuvning ikkinchi bo‘limi so'nggida esa (90+2) o‘zbekistonlik Yegor Krimets raqibi darvozasiga to‘p kiritib, hisobni tenglashtirdi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib (90+4), o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev ikkinchi golni urdi.



Chempionatning "D" guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvida esa Iroq yoshlari Saudiya Arabistoni jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

Guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvni o'zbekistonlik yoshlar iroqlik tengqurlariga qarshi o'tkazadi. O'yin 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Birinchi marotaba tashkil etilayotgan 22 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Ummon mezbonlik qilmoqda.

O‘tgan yili Turkiyada 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor chorak finalga chiqib, eng kuchli sakkiz jamoa qatoridan joy olgan edi.

11 yanvar kuni start olgan Osiyo chempionati 26 yanvargacha davom etadi.
XS
SM
MD
LG