Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:58

Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi


Portugaliya terma jamoasi sardori, Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Futbolchi karyerasidagi ikkinchi "Oltin to'p" sovrinini 13 yanvar kuni Syurixda o'tgan gala-tadbirda FIFA rahbari Zepp Blatterdan qabul qolib oldi.

2013 yilda 28 yoshli Ronaldu 60 uchrashuvda 69 marta raqib darvozasini ishg'ol etgan. U o'zining ilk "Oltin to'p"ini 2008 yilda "Manchester Yunayted" o'yinchisi sifatida olgan edi.

Eslatamiz, 2013 yilgi "Oltin to'p" uchun Ronaldu bilan birga Frank Riberi (Bavariya) va ushbu sovrinnga so'nggi to'rt yil davomida egalik qilib kelgan Lionel Messi (Barselona) da'vogarlik qilgan edi.


Ozodlik radiosning Odnoklassniki ijtimoiy tamog'ida guruhida o'tkazilgan "O'ltin to'p"ga kim loyiq?" so'rovida ham Krishtianu Ronaldu go'lib chiqdi - uning nomzodini 1487 kishi qo'lladi. Lionel Messi 633ta ovoz to'pladi. Frank Riberiga esa 142 kishi qatnashchi berdi.

Yilning eng yaxshi goli uchun beriladigan Pushkash sovrini "PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovichga topshirildi.

Germaniyaning ayollar terma jamoasi darvozaboni Nadin Angerer esa yilning eng yaxshi ayol futbolchisi, deb topildi.

2013 yilning eng yaxshi murabbiyi etib "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes topildi.

Krishtianu Ronalduning 2013 yildagi faoliyatidan parchalar (muxlislar tarafidan tayyorlangan)
XS
SM
MD
LG