Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:01

Checheniston rahbari 13 yanvar kuni tug‘ilgan muhammadlarga 1000$dan beradi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2014 yilning 13 yanvarida tug‘ilgan farzandiga payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning yoki uning oilasi a‘zolarining yoxud 10 ashobidan birining ismini bergan oilaga 1000 dollardan mukofot va‘da qildi.

Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar qildi.

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning tavallud kuni bu yil 13 yanvarga o‘tar tunda nishonlandi. Bu kun islomiy taqvim bo‘yicha uchinchi oyning 12 kuniga to‘g‘ri keladi.

Payg‘ambarning tavallud kuni munosabati bilan Checheniston bo‘ylab miskinlar va muhtojlarga 60 ming qopdan ortiq un, guruch va shakar tarqatilgani xabar qilindi.

Checheniston Rossiyaning tug‘ilish ko‘rsatkichi eng baland mintaqasidir.
XS
SM
MD
LG