Линклар

logo-print
Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbek qiz-juvonlarini fohishalikka majburlagan tarmoqning 35 yashar o‘zbekistonlik qo‘shmachi to‘daboshisi dushanba kuni qo‘lga olindi. Keyingi bir necha yil davomida Hindiston¸ Tailand¸ BAA¸ Malayziya va Turkiya davlatlari politsiya idoralari o‘zbekistonlik fohishalar bilan bog‘liq yuzlab holat borasida taftish o‘tkazgan.

Turkiyadagi Milliyet.tv nashrining xabar berishicha¸ Istanbul politsiyasi tarafidan o‘tkazilgan reyd chog‘ida to‘rt nafar ayol doxil ja‘mi 18 kishi qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan 18 kishining fohishabozlik tarmog‘i boshqaruvida turgan chet elliklar ekani aytiladi.

Ozodlikning Istanbuldagi manbalarining aytishicha, qo‘lga olingan 18 shaxsning deyarli barchasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Milliyet.tv nashrining xabar berishicha¸ Istanbul politsiyasi tarafidan fohishaxonadagi 105 ayol seks qulligidan ozod qilingan.

Maqolada bildirilishicha¸ seks qulligidan ozod qilingan ayollardan ikki nafari fohishabozlik tarmog‘i sardorlari tarafidan kaltaklanib, fahshga majbur qilinganidan politsiyaga shikoyat ham qilgan.

Reyd paytida fohishaxonadan chiqqan 105 ayolning barchasidan tushuntirish xati olinganidan so‘ng ular chet ellliklar politsiyasi ixtiyoriga jo‘natilgan.

Bu ayollarning O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi aytilmoqda.

Milliyet.tv nashrining yozishicha, fohishabozlik tarmog‘ini o‘zbekistonlik 35 yashar ayol tashkil qilgan.

Maqolada qo‘shmachilikda ayblangan O‘zbekiston fuqarosining ayol hastaliklari doktori ekani aytiladi.

Nashr bu ayolning to‘liq ismini aytmasdan faqat initsiallarini e‘lon qilgan xolos.

Maqolada aytilishicha¸ B.Z ismli ayol o‘zbekistonlik qiz-juvonlarni “Turkiyada ish bor”, deya aldab olib kelib, fohishalik qilishga majburlagan.

Maqolada qo‘shmachi deya sifatlangan o‘zbek ayolining O‘zbekistondan Turkiyaga seks-traffik tashkil qilgani ham tafsilotlari ham keltirilgan.

“Bu qizlarning pasportlari olib qo‘yilgan va tazyiq yordamida tijoriy seksga majburlangan”, deyiladi maqola davomida.

O‘zbek ayoli tashkil qilgan islovot tarmog‘i qanday fosh qilindi?


Istanbul huquq tartibot organlari keyingi 6 oy mobaynida O‘zbekistondan Turkiyaga o‘z badanini pul evaziga sotish maqsadida keltirilgani taxmin qilingan o‘nlab ayollarning telefon so‘zlashuvlari tinglanganidan keyin extimoliy seks tarmog‘iga reyd uyushtirilgani maqolada aytiladi.

Nashrga ko‘ra¸ Istanbulning 31 joyidagi maskanlarda reyd o‘tkazilgan. Reyd o‘tkazilgan maskanlarda sauna¸ hammom¸ diskoteka doxil ko‘ngilochar go‘shalar mavjudligi ham aytildi.

Milliyet.tv nashri e‘lon qilgan maqolaga politsiya tarafidan fohishahonalardagi 105 ayolning qutqarilish jarayoni tasvirlangan videotasvir ham ilova qilingan.

Videotasvirda bar ustunlari va divanlar ortiga yashirilgan ayollarning chiqarib olinayotgani aks etadi.

Tijoriy seksga majburlangani aytilgan ayollar bino yerto‘lasi va chordoqlariga yashirinib olgani tasvirlarda aks etgan.

Videoda tasvirlangan va o‘zbek ekani taxmin qilingan qiz juvonlar stol taglarida politsiya ko‘rmasin, deya g‘ujanak bo‘lib o‘tirgani kuzatiladi.

Videoni tomosha qilgan Ozodlikning Istanbuldagi manbasining aytishicha¸ Istanbuldagi fohishabozlik tarmog‘ida ishlash uchun O‘zbekistondan keltirilgan qiz-juvonlarning hammasi ham seksga majburlangan emas.

- Ular orasida o‘z ixtiyori bilan bu qadimiy maslakni egallaganlari ham bor, deydi Istanbuldagi Ozodlik manbasi.

O‘tgan yili Ozarbayjonda ham fohishabozlik tarmog‘i ochgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingan edi.

Ozarbayjon huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘tgan yili Bokuning Nasimiy tumanidagi “Infiniti” tungi klubi va Xatoy tumanidagi “Dolg‘a” saunasida o‘tkazgan reydda fohishalik bilan shug‘ullangan 53 nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan edi.

O‘tgan yillar davomida o‘zbek ayollarini fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan guruhlar Qozog‘iston va Rossiyada ham fosh qilingan edi.

Keyingi 4 yil mobaynida Hindiston¸ Tailand¸ BAA¸ Malayziya va Turkiya davlatlari politsiya idoralari o‘zbekistonlik fohishalar bilan bog‘liq yuzlab holat borasida taftish o‘tkazgan.

Malayziya politsiyasiga ko‘ra¸ so‘nggi bir necha yil ichida 267 nafar o‘zbekistonlik fohisha va qo‘shmachi qo‘lga olingan.
XS
SM
MD
LG