Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:24

Osiyo chempionati U-22: O'zbekiston Iroqqa mag'lub bo'ldi


Futbol bo'yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 yoshgacha bo'lga yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Iroq termasiga 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

14 yanvar kuni o'tgan uchrashuvda hisob 10-daqiqada Iroq o'yinchisi Marvon Husayn tarafidan ochildi. 38-daqiqada esa iroqlik Mustafo Jariy standart vaziyatdan ikkinchi golni urib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. O'zbekiston jamoasining yagona javob goli o'yinning 64-daqiqasida Jamshid Iskanderov tarafidan kiritildi.

"D" guruhidagi ikkinchi juftlik uchrashuvida esa Saudiya Arabistoni jamoasi Xitoy jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Eslatamiz, 1-tur uchrashuvida o'zbeskitonlik yoshlar xitoylik tengqurlarini 2:1 hisobida mag'lub etishgan edi.



Shunday qilib, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikki o'yinda uch och to'plagan holda "D" guruhida ikkinchi pog'onani egallab turibdi. Birinchi o'rinda 6 ochko bilan Iroq jamoasi, uchinchi o'rinda esa 3 ochko bilan Saudiya Arabistoni jamoasi bormoqda. Ikkala o'yinda ham mag'lubiyatda uchragan Xitoy termasi to'rtincha o'rindan joy olgan.

O'zbekiston jamoasining guruhdagi so'nggi uchrashuvi 16 yanvar kuni Saudiya Arabistoni termasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Birinchi marotaba tashkil etilayotgan 22 yoshgacha bo'lganlar yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Ummon mezbonlik qilmoqda.

O‘tgan yili Turkiyada 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor chorak finalga chiqib, eng kuchli sakkiz jamoa qatoridan joy olgan edi.

11 yanvar kuni start olgan Osiyo chempionati 26 yanvargacha davom etadi.
XS
SM
MD
LG