Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:09

Afg‘oniston futbol jamoasiga 2013 yilgi Fair Play mukofoti berildi


Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi – FIFA 2013 yilgi Fair Play mukofotini Afg‘oniston milliy terma jamoasiga berdi. Mukofot 13 yanvar kuni Syurix shahrida o‘tkazilgan tantanali marosimda Afg‘oniston Futbol federatsiyasi rasmiylariga topshirildi.

Afg‘onistonlik futbol ishqibozlari, sportchilar va hukumat rasmiylari FIFAning nufuzli xalqaro mukofoti Afg‘onistonda tinchlik va birlikni targ‘ib qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoaga berilganini olqishladilar.

Futbol bo‘yicha Afg‘oniston milliy terma jamoasi murabbiyi Humoyun Kargar 14 yanvarь kuni Ozodlikka FIFA ning Fair Play (Halol o‘yin uchun) mukofoti o‘z jamoasiga topshirilganini “tarixiy yutuq” deya atadi.

- Uzoq yillar urush harakatlari davom etganiga qaramay, marosimda Afg‘oniston muhim g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Hatto ko‘p yillardan beri FIFA ga a‘zo bo‘lgan mamlakatlar ham bu mukofotga sazovor bo‘lmagan, dedi Afg‘oniston milliy terma jamoasi murabbiysi.

Shuningdek, Kargar futbol o‘yini Afg‘onistonga vatanparvarlik g‘ururi va birlikni keltirganini qo‘shimcha qildi.



Poytaxt Kobulda yashaydigan Qudratilla FIFA mukofotining futbol bo‘yicha Afg‘oniston milliy terma jamoasiga topshirilishi mamlakatning yaqin kelajakda katta yutuqlarni qo‘lga kiritishidan dalolat ekanini aytdi.

Fair Play qo‘mitasi a‘zosi Tokio Seksvell Afg‘oniston futbol federatsiyasi mamlakatda futbolni rivojlantirish uchun katta ishlarni amalga oshirgani va infratuzilma barpo etganini alohida ta‘kidladi.

2012 yilda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi ham ilk bor FIFAning Fair Play mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG