Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:36

Australian Open: Denis Istomin Dmitriy Tursunovni mag'lub etdi, keyingi raqib Jokovich


O'zbekistonlik tennischi Denis Istomin
O'zbekistonlik tennischi Denis Istomin
O'zbekistonlik tennischi Denis Istomin Melburnda o'tayotgan Australian Open xalqaro tennis turnirining uchinchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

15 yanvar kuni o'tgan ikkinchi bosqich uchrashuvida Istomin rossiyalik tennischi Dmitriy Tursunovni uch setda mag'lub eta oldi - 7-6 (7-3), 4-6, 6-1, 6-4.

Bundan bir hafta oldin esa Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tgan xalqaro turnirning chorak finalida Istomin aynan Tursunovga imkoniyatni boy bergan edi.

"Ulkan toj" turkumiga kiruvchi Australian Open turnirining ilk uchrashuvida esa o'zbekistonlik tennischi jahonning sobiq 8-raketkasi, kiprlik Markos Bagdatis ustidan g'alaba qozondi.

Uchinchi bosqichda ATP jahon reytingida 49-o'rinda bo'lgan Istomin ushbu reytingning ikkinchi pog'onasini egallab turgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga tushadi.

Bungacha Istomin serbiyalik taniqli tennischi bilan uch marta (ilk bor Australian Open'da) kuch sinashgan va barchasida mag'lubiyatga uchragan edi.

Turnirning juftliklar bahsida Istomin rossiyalik Mixail Yelgin bilan birgalikda qatnashmoqda.

Asosan Moskvada istiqomat qiluvchi 27 yoshli o‘zbekistonlik tennischiga uning onasi Klaudiya Istomina murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG