Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:06

Osiyo chempionati U-22: O‘zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqa olmadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichining 3-tur uchrashuvida Saudiya Arabistoni termasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

16 yanvar kuni o‘tgan uchrashuvdagi yagona golga o‘yinning 59-daqiqasida Zakariyo as-Sudaniy mualliflik qildi.

Shunday qilib, uch o‘yinda 3 ochko to‘plagan holda “D” guruhida uchinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun chempionatdagi kurash nihoyasiga yetdi.

Ushbu guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari esa kurashni chorak finalda davom ettiradi.

Birinchi marotaba tashkil etilayotgan 22 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Ummon mezbonlik qilmoqda.

O‘tgan yili Turkiyada 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk bor chorak finalga chiqib, eng kuchli sakkiz jamoa qatoridan joy olgan edi.

XS
SM
MD
LG