Линклар

Moskvada Qur‘on kitobini yoqib, metroda muhojir yigitni tahqirlaganlikda gumonlangan shaxs hibsga olindi.

23 yoshli Tverь shaxri turg‘uni ekani aytilayotgan Aleksandr Sokolov muqaddam bir necha bor sudlangan, ikki yildan ortiq qamoqda o‘tirib chiqqan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining “bezorilik” bandi bo‘yicha ish ochilishi kutilmoqda. Agar aybi isbotlansa, Sokolov 7 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Eslatamiz, yanvar oyi boshida Internet saytlarida noma‘lum shaxslar tarafidan Qur‘on kitobini yoqilgani va Moskva metro stantsiyalaridan birida muhojir yigit tahqirlangani aks etgan video paydo bo‘lgan edi.

Videoda kamida ikki kishi Qur‘onning rus tiliga tarjima qilingan nusxasini yoqib, metroda ketayotgan muhojir yigitni “Ollohdan yuz o‘girishga” majburlashgan.
XS
SM
MD
LG