Линклар

logo-print
Turkmaniston Prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov o‘z hukumati fuqarolarga cheklanmagan miqdorda tekinga gaz yetkazib berishni to‘xtatishni rejalayotganini aytdi.

Juma kuni Berdimuhammedov aholini gazdan unumli foydalanishga rag‘batlantirish uchun xonadonlarga gaz o‘lchagich o‘rnatilishini ma‘lum qildi.

Biroq Turkmaniston rahbari bu reja qachon amalga oshishini aniq aytmadi.

Turkmaniston hukumati 1993 yildan beri aholini tekin gaz, elektr va suv bilan ta‘minlab kelmoqda.

Avval Berdimuhammedov ushbu an‘ana 2030 yilgacha davom etishini aytgan edi.

Besh million aholiga ega bo‘lgan Turkmaniston dunyodagi to‘rtinchi eng yirik tabiiy gaz zahirasiga ega.

Biroq so‘nggi paytlarda hukumat ichki subsidiyalar juda qimmatga tushayotganini aytgan.
XS
SM
MD
LG