Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:37

Toshkentda 2361 ta ko‘p qavatli bino UZONLINE tarmog‘iga ulandi


Toshkentda 2361 ta ko‘p qavatli bino optik tolali UZONLINE tarmog‘iga ulandi.

12uz.com axborot portali xabariga ko‘ra, 2013 yil davomida Toshkent shahar telefon tarmog‘i (TShTT) aktsionerlik shirkati 1518 ta binoni optik tolali tarmoqqa ulagan.

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkent shahrida 10895 ta ko‘p qavatli bino bor.

2014 yil 1 yanvariga qadar ularning 21,7 foizi UZONLINE optik tolali tarmoqa bog‘langan.

Ayni paytda¸ Internet tezligi va sifatiga oid statistik ma‘lumotlar yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Ookla shirkati reytingiga muvofiq, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha jahondagi 188 mamlakat o‘rtasida 170-o‘ringa qo‘yildi.

Reytingga muvofiq O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha mintaqadagi qo‘shnilari Qozog‘istondan 118 pog‘ona, Tojikistondan 113 pog‘ona, Qirg‘izistondan esa 89 pog‘ona pastga qo‘yildi.
XS
SM
MD
LG