Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:06

Kiyevda aksilhukumat namoyishi ishtirokchilari militsiya bilan to‘qnashdi


Kiyevda hukumatga qarshi norozilik bildirayotgan namoyishchilar va OMONchilar o‘rtasida yakshanba kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida kamida 20 kishi jarohat oldi.

Norozilik ifodalashni cheklovchi yangi qonunga qaramay, Kiyevdagi Mustaqillik maydoniga o‘n minglab odam yig‘ilganidan keyin kecha ikki o‘rtada to‘qnashuv avj olgan.

Maxsus topshiriqlar bajaradigan militsiya otryadi parlament binosiga o‘tish yo‘lini to‘sishga uringan paytida namoyishchilar tayoq, petarda va to‘qmoqlar bilan militsiya xodimlariga hujum qilishgan.

Militsiya tomonidan shovqin chiqaradigan granatalar va ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llanilgan. To‘polon paytida militsiyaga tegishli bir avtobus pachoqlanib, yoqib yuborilgan.

To‘qnashuv boshlanishidan oldin muxolifat lideri Vitaliy Klichko norozilarga qarshi kurash bo‘yicha chiqarilgan yangi qonunlarni noqonuniy va aksilkonstitutsiyaviy, deb atagan.

XS
SM
MD
LG