Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:39

I. Karimov: Eski rahbarlardan qat‘iy voz kechadigan vaqt keldi


Sovet davrida O‘zbekiston SSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasiga raislik qilgan Islom Karimov sovetcha fikrlaydigan rahbarlardan voz kechish fursati kelganini aytmoqda.
Sovet davrida O‘zbekiston SSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasiga raislik qilgan Islom Karimov sovetcha fikrlaydigan rahbarlardan voz kechish fursati kelganini aytmoqda.
Sovet davrida O‘zbekiston SSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasiga raislik qilgan Islom Karimov sovetcha fikrlaydigan rahbarlardan voz kechish fursati kelganini aytmoqda. Sovet davrida O‘zbekiston SSR Davlat rejalashtirish qo‘mitasiga raislik qilgan Islom Karimov sovetcha fikrlaydigan rahbarlardan voz kechish fursati kelganini aytmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasidan uzintilarni e‘tiboringizga havola qilamiz.

Prezident Islom Karimov 17 yanvar kungi majlisda qilgan ma‘ruzasidan olingan uzintilardan xulosa chiqarilsa¸ O‘zbekiston eng farovon davlat.

Ayni ma‘ruzada Islom Karimov O‘zbekistonning haqiqatdan ham farovon davlat bo‘lishiga eski qolipdagi rahbarlar to‘g‘anoq bo‘layotganiga ham e‘tibor qaratdi.

Kartoshkaxo‘rlar ikki barobar ko‘paydi


O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligining – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshganini ta‘kidlagan Islom Karimov 2013 yilda O‘zbekiston aholisining oldingidan ko‘proq go‘sht va kartoshka iste‘mol qilayotganligini faxr bilan qayd qildi:

- O‘tgan yillarga nisbatan go‘sht iste‘moli – 1,4 marta, sut – 1,3 barobar, sabzavot va poliz mahsulotlari – 2,6 marta, kartoshka – 2 barobar, mevalar iste‘moli – 6,4 karra oshdi. Xususan, g‘alla yetishtirish 2000 yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka – 3,1 marta, sabzavot – 3,2 barobar, uzum – 2 marta, go‘sht va sut – 2,1 karra, tuxum – 3,4 barobar oshdi¸- deb ta‘kidladi O‘zbekiston rahbari Islom Karimov 2013 yilga doir statistik raqamlarni sanab.

Sog‘lom avlod uchun ovqat va ish o‘rinlari


Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha¸ sifatli ovqatlangan oilalardan tug‘ilgan farzandlar rivojlanishi xaqlaro standartlarga juda mos bo‘lgan:

- Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni zarur mikroelementlar bilan to‘yintirish, onalar va bolalarni vitaminga boy dori-darmonlar bilan ta‘minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli bugungi kunda bolalarimizning 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi va hech shubhasiz, bu biz erishgan katta yutuqlardan biridir¸- dedi Karimov.

Jahon standartlariga mos tarzda rivojlanayotgan yosh avlodni ish bilan ta‘minlash masalasi ham Islom Karimov ma‘ruzasiga ko‘ra¸ “baholab bo‘lmas darajada" hal qilingan:

- 2013 yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta‘minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi.

O‘tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lmish kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi ish bilan ta‘minlandi va aytish joizki, buning ahamiyatini baholashning o‘zi qiyin. O‘z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga qaror qilgan kollej bitiruvchilariga 140 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Mamlakatimiz parlamenti tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq 2014 yilda salkam 1 million ish o‘rni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda¸- deb ta‘kidladi O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida.

Har bir o‘zbekda bitta saroy, ikkitadan mashina yoki plazma TV


Yangi ochilgan ish o‘rinlarida faoliyat qilib boyigan fuqarolar namunaviy uy-joy va avtomobil sotib olayotganligi prezident nazarida yuksak taraqqiyot namunasidir:

- 159ta qishloq-tumanda namunaviy loyihalar asosida 900dan ortiq yangi uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4 million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 33ming 500dan ziyod yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. 732 kilometr asfal t qilingan avtomobil yo‘llari, mingdan ortiq ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob‘ektlari barpo etildi.

2013 yilda qishloq joylardagi 353ta massivda umumiy maydoni 1 million 500 ming kvadrat metr bo‘lgan 10 mingta shinam uy-joylar barpo etildi, bu ko‘rsatkich 2012 yilga nisbatan 17 foizga ko‘pdir. Ushbu maqsadlar uchun qariyb 650 million dollar qiymatidagi mablag‘ yo‘naltirildi, dedi prezident.

Islom Karimov o‘z ma‘ruzasida mustaqillikning so‘nggi yillarida oddiy aholi shaxsiy komp yuter, plazma televizor, mobil telefon sotib olish imkoniga ega bo‘lganini faxr bilan ta‘kidladi.

Karimov o‘z nutqida o‘zbekistonliklar mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarni jon deb sotib olishayotganiga e‘tibor qaratdi:

- Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholining o‘zimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta‘minlanish darajasi o‘sgani e‘tiborlidir. Agar 2000 yilda har 100 ta oilaga o‘rtacha 20 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 41,4 taga yetdi.

Mamlakatimizdagi oilalarning 11 foizdan ortig‘i ikkitadan yengil avtomobilga ega. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi avvalo nimadan dalolat beradi?- deya savol qo‘ygan mamlakat prezidenti bu savolga “farovonlikdan dalolat” deya o‘zi javob berdi.

O‘zbeklar plastik kartaga mehr qo‘ygan


Prezident ma‘ruzasida ta‘kidlanishicha, o‘zbekistoniklarning “2013 yilda real daromadlari 16 foizga, o‘rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalari 20,8 foizga ko‘paygan”. O‘zbekiston aholisi bankda hisob ochish va plastik karta bilan savdo qilishga ishqiboz, deya ta‘kidladi Karimov:

- Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda mamlakatimizda 10 milliondan ziyod plastik kartochka muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ularning qariyb 2 million 500 mingtasi onlayn kartochkalardir.

Ayniqsa, bank xizmatlaridan foydalanish darajasini alohida e‘tirof etish o‘rinlidir. Masalan, yurtimizda har yuz ming katta yoshdagi aholiga 49,7 ta bank muassasasi to‘g‘ri kelayotgani, har ming kishi nomiga 1 ming 28 ta bank hisob raqami ochilgani xalqaro normalar bo‘yicha "yuqori" degan baho ko‘rsatkichiga mos keladi¸- deya Islom Karimov bank sohasi xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Karimov chiroqlari


O‘zbekistonda ko‘mir briketlari ishlab chiqarish ko‘payganini sevinch bilan ta‘kidlagan Karimov mamlakat aholisini elektr bilan ta‘minlash yangi ufqlar kasb qilganiga ham to‘xtaldi:

- Elektr energetikasi sohasida Tollimarjon issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 450 megavatt bo‘lgan 2ta bug‘-gaz qurilmasini barpo etish yo‘li bilan kengaytirish ishlari olib boriladi. Toshkent issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 370 megavatt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi ishga tushiriladi. Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 450 megavatt bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo etish orqali kengaytirish ishlari bajariladi¸ deya va‘da berdi Islom Karimov o‘z ma‘ruzasida.

Eski qolipdagi rahbarlar taraqqiyot to‘g‘anog‘i


Ma‘ruza so‘nggida Karimov mamlakatda ba‘zi muammolar ham borligini e‘tirof etib¸ bu muammolar “eskicha uslubdagi” rahbarlarning uquvsizligi bois yuzaga chiqqanini ta‘kidladi:

- Biz hanuzgacha eskicha fikrlash qolipidan chiqa olmayapmiz, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan, eski va yaroqsiz planli-taqsimot tizimi qoldiqlari, afsuski, butunlay barham topgani yo‘q.

O‘ylaymanki, bu masala bo‘yicha tushuntirish va izoh berib o‘tirishning davri o‘tdi, eskicha boshqarish qoliplari va usullaridan qutula olmayotgan rahbarlardan qat‘iy voz kechadigan vaqt keldi¸ degan gapni O‘zbekiston prezidenti aytishi bilan zalda gulduros va davomli qarsaklar yangradi.

Sovet paytida davlat rejalashtirish qo‘mitasida ishlagan 76 yashar Islom Karimov O‘zbekistonni 1989 yildan beri boshqarib keladi.
XS
SM
MD
LG