Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:09

2013 yilda eng ko'p ishlatilgan parollar ro'yxati e'lon qilindi


SplashData elektron parollarni boshqarish shirkati o'zining "25 ta eng yomon parol" ro'yxatini yangiladi. Yangi reytingda birinchi o'rinni 2013 yilda eng ko'p ishlatilgan "123456" kombinatsiyali poroli egalladi.

Aytib o'tish joiz, so'nggi ikki yil davomida eng omadsiz parollar ro'yxatida "password" (ingl. "parol") so'zi birinchilikni egallab kelayotgan edi. Biroq 2013 yilda u ikkinchi o'ringa tushgan.

O'tgan yili internet foydalanuvchilari tarafidan eng ko'p ishlatilgan "yomon" parollar ro'yxatidan "111111", "qwerty", "1234", "abc123", "admin", "iloveyou" kabi kombinatsiyalar ham o'rin olgan.

Eng ommabop va omadsiz parollar ro'yxati SplashData shirkati tarafidan 2011 yildan beri tayyorlab kelinadi. Ro'yxatlar hakerlar “buzish”ga muvaffaq bo‘lgan va internetda e‘lon qilingan ma‘lumotlar asosida tuziladi.

"Kuchli" parol qanday tanlanadi?


Elektron xavfsizlik bo'yicha mutahassislar internetda parollarni tanlashda iloji boricha mukammal kombinatsiyalarni tanlashni tavsiya etadi.

Parollar kamida 8 belgidan iborat bo'lishi hamda unda harf, son va boshqa mahsus belgilar bo'lishi esa ayni muddaodir. Masalan, "MenBar$aFanatiman1" yoki "i$lamagan0ti$laydi".

Har bir pochta va ijtimoiy tarmoqlar uchun alohida parol ishlatish esa internetdagi xafvsziligingizni yanada kuchaytiradi.

Hozirda parollarni internet, kompyuter yoki smartfonda xavfsiz saqlash uchun mo'ljallangan qator bepul va pulli dasturlar mavjud. KeyPass, SplashID Safe, Kaspersky Password Manager 4 (pulli) shulardandir.

Bunday dasturlar foydalanuvchiga barcha elektron parollarni shifrlashgan holda bir joyda saqlash imkoniyatini yaratadi. Dasturlar foydalanuvchi tanlagan mukammal parol orqaligina ochilishi mumkin.

Biroq, elektron xavfsizlik mutahassislariga ko'ra, parollarni saqlash uchun inson xotirasichalik xavfsiz joy yo'qdir.
XS
SM
MD
LG