Линклар

logo-print
Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi Janna Freske saraton kasalligiga chalingani uning fuqaroviy eri tarafidan tasdiqlandi.

Taniqli teleboshlovchi va shoumen Dmitriy Shepelev dushanba kuni bu haqda Rossiya matbuoti orqali e‘lon qilgan bayonoti orqali 38 yoshli rafiqasi Janna Friske bir necha oydan beri kasallik bilan kurashayotganini bildirdi.

“Bir necha oydan beri oilamizning ichki ishi bo‘lib kelgan masala, afsuski, bir necha kun avval jamoatchilik orasida muhokama etila boshladi... Oilamiz boshiga og‘ir sinov tushdi. Janna saratonga chalingan”, deya yozma bayonot e‘lon qildi Shepelev.

Qo‘shiqchining saratonning aynan qaysi ko‘rinishi bilan og‘riganini uning turmush o‘rtog‘i aniqlashtirgani yo‘q. Janna Friskening saratonga chalingani haqida xabarlar o‘tgan hafta matbuotda paydo bo‘ldi.

2013 yilning aprelida Janna Friske va Dmitriy Shepelev oilasi o‘g‘il ko‘rgan edi.

Rossiyaning Birinchi kanali tarafidan uyushtirilayotgan hayriya aksiyasida bir kun ichida 50 million rubl yig'ilgani aytilmoqda. Bu pul qo'shiqchining davolanishi uchun sarflanadi.
XS
SM
MD
LG