Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:06

Marg‘ilonlik keksa futbol ishqibozi JCh-2014ga velosipedda bormoqchi


O‘zbekistonlik 64 yoshli havaskor velosipedchi Akrom Ma‘rufjonov joriy yilda Braziliyada o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga velosipedda yo‘l oladi.

Bu haqda marg‘ilonlik keksa velosipedchi O‘zbekiston futbol federatsiyasiga ma‘lum qildi.

Ikkita qizi va to‘rt nevarasi bo‘lgan oqsoqol velosiped bilan uzoq safarga ilk bor chiqayotgani yo‘q. U 1995 yili Haj safariga o‘zining ikki g‘ildirakli transportida borib kelgan.

Akrom Ma‘rufjonov 2006 yilda Jahon chempionati bahslarini bevosita tomosha qilish uchun Germaniyaga ham borgan edi.

Toshkentga shaxsiy ishlari bilan o‘z velosipedida qatnaydigan marg‘ilonlik velosipedchi 2006 yilgi Jahon chempionati bahslarida Germaniya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi sobiq darvozaboni Oliver Kan bilan uchrashib, unga maxsus sovg‘a salomlar topshirgan.

Akrom Ma‘rufjonov 2010 yili Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatiga ham bormoqchi bo‘lgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra uning bu rejasi amalga oshmay qolgan.
XS
SM
MD
LG