Линклар

logo-print
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi Rauf Inileyev Qozog‘istonning “Maxtaraal” futbol klubiga bosh murabbiylik qiladi.

Bu haqda murabbiyning o‘zi seshanba kuni matbuotga bildirdi.

2012 yili Qozog‘iston 2-divizonida birinchilikni qo‘lga kiritgan “Maxtaraal” futbol klubi 2013 yilda professional klub maqomini olib, 1-divizionga qabul qilingan edi.

So‘nggi ikki yil davomida ishsiz bo‘lgan 63 yoshli Inileyev 2007 yili Osiyoning eng yaxshi futbol murabbiyi deb topilgan. U 2007-2008 yillari O‘zbekiston terma jamaosiga murabbiylik qilgan edi.
XS
SM
MD
LG