Линклар

Sochi Olimpiadasida O‘zbekistonning uch sportchisi ishtirok etadi


Mixail Ge, figurali uchish bo‘yicha jahon miqyosida ancha tanilib qolgan o'zbekistonlik sportchi.

Mixail Ge, figurali uchish bo‘yicha jahon miqyosida ancha tanilib qolgan o'zbekistonlik sportchi.

O‘zbekistondan Qishki Olimpiadada figurali uchish bo‘yicha jahon miqyosida ancha tanilib qolgan Mixail Ge, chang‘ichilar Kseniya Grigoryeva va Artyom Voronovlar ishtirok etadi.

Bu uch sportchi ayni paytda xorij mamlakatlarida Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Sochida o‘tadigan 2014 yil Qishki Olimpiadaga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston ham o‘z sportchilarini jo‘natadi.

Qishki Olimpiadada Markaziy Osiyoni tamsil etadigan 50 sportchidan 44 nafari qozog‘istonlikdir. O‘zbekistonning uch, Tojikistonning ikki va Qirg‘izistonning faqat bir nafar sportchisigina Qishki Olimpiadada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Turkmanistonlik sportchilar Olimpiadada ishtirok etmaydi. Mazkur mamlakat so‘nggi 22 yil davomida Qishki Olimpiadada birorta sportchisi bilan ishtirok etmagan.
XS
SM
MD
LG