Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:01

O‘zbekistonda qiynoqlarga qarshi qonun kuchga kirdi


Qamoqxonadagi mahbuslar qiynoqlardan shikoyat qilib¸ Karimov va Inoyatovga xat yozishgan, 2007 yilda olingan surat.
Qamoqxonadagi mahbuslar qiynoqlardan shikoyat qilib¸ Karimov va Inoyatovga xat yozishgan, 2007 yilda olingan surat.
O‘zbekistonda qiynoqlarni taqiqlovchi qonun 2013 yilning 25 dekabridan kuchga kirgani haqida o‘zbek matbuoti xabar berdi.

“Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 2012 yilda qabul qilingan va 2013 yil oxirida amalga kiritilishi belgilangan edi.

Qonunda "Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha‘ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas", deb ta‘kidlangan.

O‘zbekistonlik huquq faollari va xalqaro tashkilotlar qiynoqlarga qarshi qonun kuchga kirganiga qaramay, amalda bu qonun ishlamayotganini iddao qilib keladilar. Huquq faollariga ko‘ra, tergov jarayonida mahbuslarni qiynoqlarga solish holatlari davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG