Линклар

logo-print
Qarorgohi AQShda joylashgan Freedom House tashkiloti O‘zbekistonni yana “yomonlarning yomoni” hisoblangan mamlakatlar qatoriga qo‘ydi.

Payshanba kuni e‘lon qilingan “Dunyodagi erkinlik – 2014” (“Freedom In The World 2014”) hisobotida O‘zbekiston bilan birgalikda “erikn bo‘lmagan” davlatlar sirasiga Turkmaniston, Shimoliy Koreya, Sudan, Eritreya kabi mamlakatlar bor.

Payshanba kungi hisobotda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Ozarbayjonda o‘tgan yil davomida siyosiy va fuqaroviy erkinliklar borasida “jiddiy ortga ketish” kuzatilagnini xulosa qilindi.

Freedom House tashkilotining qayd etishicha, 2013 yil davomida dunyo bo‘ylab inson huquqlari va erkinliklar borasida kuzatilgan ortga ketish jarayoni ketma-ketiga sakkiz yildan beri davom etmoqda. Bu esa hisobot e‘lon qilina boshlagan 1973 yildan beri erkinliklar cheklanayotganiga doir eng uzoq muddat hisoblanadi.

O‘zbekiston yillar davomida Freedom House tashkiloti tasnifiga ko‘ra demokratik erkinliklarni qo‘pol tarzda buzuvchi mamlakatlar qatorida “yomonlarning yomoni” kategoriyasidan tushmay keladi.

Bu yilgi hisobotda Belarus O‘zbekiston bilan Turkmanistondan sal yuqoriroq pog‘onaga qo‘yildi.

Ayni paytda Pokistonda ham bu sohada yaxshilanishlar kuzatilgani tufayli bu mamlakatda “saylov demokratiyasi” joriy qilingani qayd etiladi hisobotda.

“Dunyodagi erkinlik – 2014” hisobotida Gruziya va Moldovada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergani aytiladi.
XS
SM
MD
LG