Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:19

Qirg‘iz - Xitoy chegarasida 11 kishilik guruh yo‘q qilindi


Qirg'iz-Xitoy chegarasidagi to'qnashuv yuz bergan hudud
Qirg'iz-Xitoy chegarasidagi to'qnashuv yuz bergan hudud
Qirg‘iziston Davlat Chegara xizmatining xabar qilishicha, Qirg‘iz-Xitoy chegarasiga yaqin hududda o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida "Qirg‘iziston chegarasiga kirib kelgan 11 kishi yo‘q qilindi".

Aytilishicha, guruh taslim bo‘lish to‘g‘risidagi talabni inkor etganidan so‘ng yo‘q qilingan. Shu soatlarda guruh a‘zolari qaysi davlat fuqarolari bo‘lgani, Qirg‘iziston hududiga nima maqsadda kirib kelgani aniqlanayotgani xabar qilindi.

Bu xabar arafasida quyidagi ma‘lumotlar oshkor qilingan edi:

23 yanvar, payshanba kuni tongda Qirg‘iziston – Xitoy chegarasida noma‘lum shaxslar o‘rtasida o‘tishma sodir bo‘lgani to‘g‘risida Qirg‘iziston Davlat Chegara xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, Xitoy chegarasining Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatiga tutash qismidagi ovchilik xo‘jaligiga noma‘lum shaxslar hujum qilib, xo‘jalik xodimini o‘ldirgan va uning qurolini tortib olgan.

Voqea joyiga yetib borgan chegarachilarga noma‘lum shaxslar o‘q uzgan. Chegarachilar bilan bo‘lgan otishma chog‘ida noma‘lum guruhning ikki a‘zosi o‘lgan. Guruhning qolgan a‘zolari qurshovga olingan, ularning necha kishi ekanligi xabar qilinmadi.

Intsident yuz bergan joyga Chuy chegara qo‘shinining maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan guruhi jo‘nab ketgani xabar qilindi.

Issiqko‘l viloyati, Jetio‘g‘uz tumanidagi Ak-Shiyrak qishlog‘i raisi Kudaybergen Aymanov Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga hujum qilgan noma‘lum guruh ovchilik xo‘jaligi rahbarini o‘ldirib, qurolini tortib olganini, chegarachilar bilan otishma davomida guruhning ikki a‘zosi o‘ldirilganini tasdiqladi.

Aymanovga ko‘ra, ovchilik xo‘jaligiga hujum qilgan shaxslar Xitoyning millati uyg‘ur fuqarolari va ekstremistik guruh a‘zolari bo‘lishi mumkin. Bu fikrga nima asos bo‘lganini qishloq raisi tushuntirmagan. Noma‘lum guruh 7 -8 kishidan iborat ekanligi aytildi.
XS
SM
MD
LG