Линклар

O‘zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi Sanjar Tursunov Ukraining “Vorskla” jamoasiga o‘tishi mumkin.

Bu haqda Sportbox.ru nashri xabar berdi. Xabarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ayni damda Ukraina klubining Turkiyadagi yig‘inida ishtirok etmoqda.

1955 yilda tashkil topgan “Vorskla” futbol klubi Ukraina Premer-ligasining kuzgi davrasidan keyin 8-o‘rinni egallab turibdi. 2012/2013 yilgi mavsumni jamoa 12 o‘rinda yakunlagan.

27 yoshli yarim himoyachi Sanjar Tursunov 2013 yilning yozidan beri Rossiya 1-divizioni ishtirokchisi "Gazovik" klubida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu kungacha u “Gazovik” safida 16 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi bundan oldin Toshkentning "Lokomotiv", Rossiyaning "Volga" va "Alaniya" klublarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi Sanjar Tursunov 2012 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG