Линклар

Frantsiyaning Meribel qishki oromgohida chang‘i uchayotganida toshga boshi bilan urilib, qulab tushgan mashhur avtopoygachi Mixael Shumaxer bir oydan buyon koma xolatida yotibdi.

Shifokorlar Formula-1 bo‘yicha yetti karra jahon chempionining ahvolini “barqaror”, demoqdalar.

44 yoshli Shumaxer roppa-rosa bir oy avval Frantsiyaning Alp tog‘larida 14 yoshli o‘g‘li bilan chang‘i uchayotganida toshga urilib, bosh suyagidan og‘ir jarohat olgandi.

O‘tgan bir oy ichida Shumaxer ikki marta operatsiya qilindi. Shifokorlar sportchining sog‘ayishiga umid qilmoqdalar.
XS
SM
MD
LG