Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:59

Vatandoshlarini Yevromaydonga bormaslikka chaqirgan O‘zbekiston elchixonasi jurnalistni ogohlantirdi


O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Kiyev shahriga, mamlakatning g‘arbiy va markaziy mintaqalariga bormaslikni tavsiya qildi.

Tilga olingan hududlarga borishga majbur bo‘lib qolgan o‘zbekistonliklarga esa, o‘ta ziyrak va ehtiyot bo‘lish, namoyishlarda ishtirok etmaslik, voqealarni suratga yoki videotasvirga tushirmaslik, sodir bo‘layotgan voqealar mavzuida mahalliy aholi bilan bahs-munozaralarga kirishmaslik tavsiya qilindi.

Ozodlik savollariga javob berar ekan, elchixonaning o‘zini tanishtirishni istamagan rasmiysi o‘z vatandoshlariga berilayotgan tavsiyani Ukrainadagi siyosiy vaziyatning murakkabligi bilan izohladi.

Quyida elchixona rasmiysi bilan o‘tkazilgan muloqotni tinglang:

XS
SM
MD
LG