Линклар

Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov “vKontakte” ijtimoiy tarmog‘i nazorat paketiga egalik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan haftada mazkur ijtimoiy tarmoqning sobiq egasi Pavel Durov Usmonov tomonidan nazorat qilinadigan “Megafon” shirkatining bosh direktori Ivan Tavringa o‘z aktsiyalarini sotgandi.

Usmonov nazoratidagi Mail.Ru Group xoldingi esa “vKontakte” aktsiyalarining qariyb 40 foiziga egalik qiladi. Shu tariqa Alisher Usmonov o‘z tuzilmalari orqali bu ijtimoiy tarmoq aktsiyalarining 52 foizini, ya‘ni nazorat paketini tasarruf qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aktsiyalarning qolgan 48 foizi United Capital Partners jamg‘armasiga tegishli.

Shu yilning yanvarь oyida ijtimoiy tarmoq rahbariyatiga Usmonovga tegishli tuzilmalardan uch nafar menejer ishga o‘tgan.

Hozirda Rossiyada istiqomat qiladigan 60 yoshli Alisher Usmonovning boyligi, Bloomberg Markets jurnali ma‘lumotlariga ko‘ra, 20 milliard AQSh dollariga teng.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG