Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:37

Facebookda toshkentlik o‘g‘rilar haqidagi video paydo bo‘ldi


Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkentdagi avtomobillarning salonlari va bagajlaridagi buyumlarni o‘g‘irlayotgan guruh haqida ma‘lumot berildi.

Fevralning dastlabki kunlarida e‘lon qilingan videotasvirda oq Neksiya mashinasini mingan o‘g‘rilardan biri Lasetti mashinasidagi buyumlarni o‘g‘irlab ketayotgani tasvirlangan.

Ikkinchi videoda esa o‘g‘rilar Neksiya mashinasining oynalarini sindirgani, mashinadan bir qop yukni olib, davlat raqami bo‘lmagan oq Neskiyaga yuklab ketgani tasvirlanadi.

Videoyozuv “jabrlanuvchi” Nexia turgan joydagi kuzatuv kamerasidan olingani xabar qilinmoqda.

Facebookdagi ma‘lumotlarga qaraganda, yoshi 30 ga ham to‘lmagan o‘g‘rilar 3-4 kishi bo‘lib harakat qiladi.
XS
SM
MD
LG